Samarqandda qöşni davlatdan 55 kg narkotik olib ötmoqçi bölganlar uşlandi

3-sahifa

−

image

Samarqand viloyatida qöşni respublikadan kontrabanda yöli bilan 55 kilogrammdan ortiq “gaşiş” va “opiy” olib ötmoqçi bölgan transmilliy jinoiy guruh a’zolari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Içki işlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy bölinmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ikki nafar narkokurer Samarqand viloyatining Toyloq tumani hududidagi dala maydonida uşlangan. Ular Lacetti rusumli avtomaşinada kelib, belgilangan geolokatsiyada yaşirib ketilgan 41,2 kilogramm “opiy” va 14,55 kilogramm “gaşiş”ni olayotgan bölgan.

Tezkor suriştiruv davomida aniqlanişiça, uşbu şaxslar bir yildan buyon giyohvandlik vositalarini Özbekiston hududi böylab tarqatiş bilan şuğullanib kelgan. Ular narkotik moddalarni qöşni respublikada yaşovçi rahnamolarining topşiriğiga asosan, körsatilgan şaxslarga taqsimlab, hududlarga tarqatişi kerak bölgan.

Natijada jami 235 ming dozaga teng jami 55,75 kilogramm “opiy” va “gaşiş”ning aholi orasida tarqalişiga çek qöyilgan.

Mazkur holat yuzasidan qölga olingan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş ) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda sintetik giyohvandlik vositalari va boşqa narkotik moddalarni noqonuniy tarqatiş bilan şuğullangan jinoiy guruh a’zolari qölga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing