Iştixonda Epica temir tösiqqa urildi. Haydovçi halok böldi

3-sahifa

−

image

Samarqand viloyatining Iştixon tumanida Epica avtomobili temir tösiqqa urilişi oqibatida haydovçi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi keça, 28 oktyabr kuni soat 21:00 larda tumanning “Qönğirot” mahallasi hududidan ötuvçi D-076 avtomobil yölining 80-kilometrida sodir bölgan.

Epica haydovçisi Iştixon–Payşanba yönalişida harakatlanayotib, e’tiborsizlik oqibatida rul boşqaruvini yöqotgan va yölning öng tomonidagi temir tösiqqa urilgan. Oqibatda haydovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Iştixon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida VAZ-2105 rusumli avtomobil daraxtga urilişi oqibatida 20 yoşli haydovçi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing