Toshkentda sotuvchiga pichoq tirab, do‘konni o‘marganlar topildi
3-sahifa
−
27 iyul 2021
12257Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida to‘rt kishi do‘konga kirib, sotuvchiga pichoq tirab, kassadagi pullarni o‘marib ketgani haqida xabar bergan edik.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh. ekanliklari ma’lum bo‘lgandi. Ularning 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N. qo‘lga olingandi.
Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishcha, ayni vaqtga kelib jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan Aleksey K. va Dmitriy Sh. ham qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, ular do‘kondan 4 000 000 so‘m pul va mobil telefonini o‘g‘irlagandi.
LiveBarchasi