Toshkentda “razborka” uchun to‘plangan o‘nlab maktab o‘quvchilari IIBga olib ketildi

Jamiyat

image

Toshkentning Mirobod tumanida tunda to‘plangan 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Joriy yilning 10 iyul kuni taxminan soat 20:30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘plangani hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilishayotgani, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘nlab voyaga yetmaganlarni – 8,9,11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bahslashayotganligini aniqlagan. Sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini o‘rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMBga olib kelingan.

Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma’lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgani sabab bo‘lgan.

Toshket shahar IIBB xodimlari voyaga yetmaganlar bilan ro‘y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berishgan va ularning ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazishgan.

Hozirda sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIB

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing