Toshkentda radar o‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxlari ma’lum qilindi

Jamiyat

image
Yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlagan tadbirkorga jarimaning qancha qismi berilishi aniq bo‘ldi north_east

Yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlagan tadbirkorga jarimaning qancha qismi berilishi aniq bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida Toshkent shahrida tadbirkorlar tomonidan radar o‘rnatiladigan hududlar va ularning auksiondagi boshlang‘ich narxlari belgilanmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahri hududida Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) chorraha va ko‘chalarda sutka davomida avtotransport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligi (soni)ga bog‘liq.

Masalan, sutka davomida 20 mingtagacha avtotransport vositalari harakatlanadigan ko‘cha va chorrahalarga Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatish huquqi auksion orqali boshlang‘ich bahosi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 10 baravari miqdorida belgilanadi.  

Elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi)ni belgilash tartibi

Bundan tashqari, qaror loyihasida Toshkent shahar hududida intellektual videokameralar va statsionar radarlar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joylar ro‘yxati ham keltiriladi.

Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahrining 462 ta manzil-hududida jami 2 417 ta videokamera va 157 ta radar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilishi belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

1385

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing