Toshkentda pivo festivali o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi
Jamiyat
−
04 iyun 13067 1 daqiqa
Toshkent shahrida joylashgan Taras Shevchenko ko‘chasida ko‘ngilochar pivo festivali o‘tkazilishi munosabati bilan mazkur ko‘chaning ayrim qismlari 8 iyunga qadar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha, shuningdek, Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 4 iyun soat 06:00 dan 8 iyun soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopilgan.
Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 39-moddasiga muvofiq, pivoni, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilishda rag‘batlantiruvchi aksiyalar yoki shunga o‘xshash boshqa tadbirlar o‘tkazishga, madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy va sport tadbirlariga homiylik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 27-29 iyun kunlari Toshkent shahrining Taras Shevchenko ko‘chasida pivo festivali o‘tkazilgandi. Ammo ushbu festival haqida hech kim izoh bermadi va kim tomonidan o‘tkazilgani-yu, kim bunga ruxsat bergani ham ochiqlanmadi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjonova pivo festivali haqida tanqidiy fikr bildirgandi. Deputat Alisher Qodirov esa uni o‘tkazgan va unga ruxsat bergan shaxslar jazolanishi kerakligini aytgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust