Toshkentda pedofil erkak o‘g‘il bolaga tegajog‘lik qildi (video)
3-sahifa
−
08 fevral
13300Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobuslardan birida yosh bolaga ochiqdan ochiq tegajog‘lik qilingani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, holat joriy yilning 4 fevral kuni Toshkent shahridagi yo‘lovchi tashuvchi avtobusda sodir bo‘lgan. Fuqaro X.G‘ (1988 yilda tug‘ilgan erkak) mast holda bo‘lib, voyaga yetmagan, 2012 yilda tug‘ilgan U.I. ismli o‘g‘il bolaga jinsiy tegajog‘lik va bolaning sha’niga zid boshqa noqonuniy harakatlar qilgan.
Hozirda bolaga nisbatan sodir etilgan bunday zo‘ravonlik holati bo‘yicha Chilonzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 37 yoshli erkak qo‘shnisining 13 yoshli qiziga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qilgani, uning ayoli esa bunda vositachi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ish sudda ko‘rib chiqilganda erkakka 5 sutka qamoq, xotiniga esa 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. Apellyatsiya sudi ham qarorni o‘zgartirmagan. Endilikda Bosh prokuratura tomonidan tuman va viloyat sudlarining ushbu qarorlariga nisbatan taftish tartibida protest keltirildi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

