Surxondaryoda erkak yosh bolani urib, shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aytilmoqda
3-sahifa
−
30 yanvar
8537Ijtimoiy tarmoqda erkak yosh bolani urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Unda zo‘ravon otaning murg‘ak farzandiga turli xil haqoratomuz so‘zlar bilan ruhiy hamda jismoniy tazyiq o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin. Video ostidagi izohda esa erkakning oilasiga umuman kun bermay, muttasil kaltaklab kelayotgani qo‘shimcha qilingan.
Mazkur holatga Bosh prokuratura o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, tarqalgan videoxabardagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, holat Termiz shahrida sodir bo‘lganligi aniqlangan.
"Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi", deyiladi prokuraturaning bu haqdagi izohida.
LiveBarchasi