Toshkentda yosh bola yong‘in ichida qolib ketdi
3-sahifa
−
15 avgust 2024
6331Bugun, 15 avgust kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:04 da tumanning “Ko‘hna Cho‘ponota” MFY Chilonzor 13-mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:29 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida hodisa joyida bir nafar bola borligi aniqlangan. FVV qutqaruvchilari zudlik bilan bolani qutqarib, hayotini saqlab qolgan va tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Yong‘in oqibatida xonadonning 20 metr kv maydonida uy jihozlari yonib zararlangan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Shuningdek, oldinroq Andijonda xonadon va unga tutash kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar