Toshkentda ota aliment uchun 818,8 mln so‘m to‘ladi
Jamiyat
−
27 avgust
8056Toshkent shahrida ota aliment uchun 16 yillik alimentni oldindan to‘lab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan fuqaro E.Z. voyaga yetmagan 3 nafar farzandlarining ta’minoti uchun ular to voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan hisoblab berishni so‘rab ariza bilan murojaat yo‘llagan. Shunga ko‘ra, 2024 yildan 2040 yilgacha bo‘lgan davr uchun aliment miqdori hisoblanganda, jami 818 million 895 ming 193 so‘m miqdorida aliment miqdori vujudga kelgan.
Shuningdek, E.Z alimentlarni oldindan to‘lash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha sudga ijro hujjatini ado etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi tushuntirilgan. Sud qarzdorning arizasini qanoatlantirib, joriy yilning 15 avgust kuni ajrim qabul qilingan.
Sudning mazkur ajrimiga asosan qarzdor E.Z undiruvchi N.D foydasiga jami 818 million 895 ming 193 so‘m evaziga 1 ta uy, Spark avtotransport vositasi va 2 ming AQSH dollari miqdorida aliment pullari to‘lab bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda aliment to‘lashdan 11 yil qochib yurgan ota buvisining uyidan topilgandi. Shuningdek, Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi.
LiveBarchasi