Toshkentda Opel avtomobili yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida Opel rusumli avtomobil yonib ketdi. Natijada avtomobil butkul foydalanib bo‘lmaydigan holga kelib qolgan. 

Yong‘in soat soat 12:46 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, “Matonat” mahallasi, A.Qodiriy ko‘chasi 38-A-uy ro‘parasida ro‘y bergan.  Fuqaro Yu.V. boshqaruvidagi Opel rusumli atomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar qilgan. 

Xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Yong‘in oqibatida fuqaro Yu.V.ga tegishli bo‘lgan Opel rusumli avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Opel

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing