Toshkentda ofitsiantni himoya qilgan yigit kaltaklandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kishi erkakni kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB mazkur videoni o‘rganib, Matiz avtomobili yo‘lovchisi bilan janjallashganlarning shaxsini aniqladi. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 22 aprel kuni taxminan soat 23:00 da Shayxontohur tumanidagi “Chakar” mahallasida yuz bergan. O‘sha kechada 38 yoshli Abduhamid X. tanishlari 37 yoshli Dilshod G. va 38 yoshli 38 yoshli Abror M. “Chakar” mahallasidagi kafeda ovqatlanishgan. Mast holda bo‘lgan Abduhamid X. kafeda ishlovchi ofitsiant 23 yoshli Ra’no R. bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Mojaroga guvoh bo‘lgan kafening boshqa bir mehmoni Azim ismli shaxs qizni himoya qilgan, keyin ketish uchun kafedan chiqqan. Abduhamid va uning ikki hamrohi uning ortidan chiqib, uni kaltaklagan.

Voqeadan keyin Azim ketgan va hozirgacha na shifoxonaga, na IIBga murojaat qilmagan. Shu sababdan hozircha uning shaxsinin aniqlashning iloji bo‘lmagan.

IIO xodimlari voqea joyiga yetib borishganida, erkaklar ma’lum muddat qarshilik ko‘rsatib, yaqin atrofdagi IIBga borishdan bosh tortgan.

Abduhamid X., Dilshod G. va Abror M.larga nisbatan Ra’no R.ning arizasiga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (“mayda bezorilik”) va 194-moddaning 1-qismida (“IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha protokol tuzilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi ko‘rsatilgan shaxslarni aybdor deb topib, ularning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing