Parkentda onasini haqoratlab, tahdid qilgan ayol qamaldi (video)
3-sahifa
−
21 may 7423 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Parkent tumanida onasini turli so‘zlar bilan haqoratlab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan 37 yoshli ayol 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 6 may kuni Parkent tumanida sodir bo‘lgan va shu kunning o‘zida hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxs ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi va muqaddam holati yuzasidan muolajalar olgan. Uning tashqi ko‘rinishidagi noodatiylik ham aynan shundan kelib chiqadi.
Bildirilishicha, bugungi kunda videodagi 37 yoshli shaxsga nisbatan avvalroq onasiga berilgan himoya orderi talablarini buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206-1-moddasi (tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan hamda 183-(mayda bezorilik) va 41-moddalari (haqorat qilish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudning qaroriga ko‘ra, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 29 yoshli o‘g‘il pul sabab kelib chiqqan janjal ortidan onasini bolta bilan o‘ldirgan edi.
Live
Barchasi