Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli o‘quvchi qizga hujum qildi (video)
3-sahifa
−
18 mart
20221Bugun, 18 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs voyaga yetmagan qizga nisbatan kuch ishlatgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videoda aks etgan voqea joriy yilning 10 mart kuni taxminan soat 16:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani “Do‘stobod” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 19 yoshli 2-guruh nogironi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi X.D. shu yerdan o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan 2013 yilda tug‘ilgan M.X.ga nisbatan kuch ishlatgan. M.X. baqirganligi natijasida X.D. uni qo‘yib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida M.X.ga zarar yetmagani aniqlangan va u bilan psixolog tomonidan suhbat o‘tkazilgan. Fuqaro X.D. voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zida shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Bildirilishicha, Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi