Toshkentda Nexia Mercedes-Benz`ga urilib, yonib ketdi
Jamiyat
−
19 iyun 2020 8956 1 daqiqa
Bugun, 19 iyun kuni soat 08:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes-Benz va Nexia-3 avtomobili to‘qnashishi natijasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yuz bergan. 1984 yilda tug‘ilgan A.D. (erkak) Mercedes-Benz rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan vaqtda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1992 ilda tug‘ilgan D.M. (erkak) boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 rusumli transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Natijada, Nexia-3 rusumli transport vositasi haydovchisi D.M. va yo‘lovchisi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi