Toshkentda muqaddam sudlangan firibgar yana bir fuqaroning 42 ming dollarini “uxlatdi”

3-sahifa

image

Toshkent shahrida imtiyozli kredit va yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Mirobod tumanida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan G‘.E. fuqaro G.G.ning ishonchiga kirib, go‘yoki unga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida bankdan imtiyozli kredit hamda Chilonzor tumanidagi savdo kompleksi yonidan 6 sotix yer maydoni olib berishini va’da bergan. Evaziga 22 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs, yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yana 600 mln so‘m berishini talab qilgan. Shundan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing