Toshkentda Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning bir tumanida Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Toshkent shahridagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga noqonuniy ravishda harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u o‘z xizmat avtomashinasida fuqarodan  600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan birining direktori yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbaridan uning o‘quv markazida tahsil olayotganlarning darslarga qatnashish holatini monitoring qilmaslik va MCHJ faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan. Buning uchun muqaddam 2 million so‘m olgan. DXX xodimlari tomonidan u qolgan 1,4 million so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX Sirdaryo Mudofaa ishlari bo'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing