Toshkentda Matiz bilan to‘qnashgan BMW pachoq bo‘ldi
3-sahifa
−
27 may 4244 1 daqiqa
Bugun, 27 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Matiz va BMW rusumli mashinalar to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:15 da tumanning Bunyodkor shoh ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘lida BMW va Matiz to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YHXBga ko‘ra, voqea oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Malibu-2, Monza va Onix rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr