Toshkentda mansabdorlarning fuqarolarga yetkazgan zararini qoplash uchun qariyb 6 mlrd ajratildi

Jamiyat

image

Toshkentda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizliklari) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash xarajatlari uchun 5 mlrd 724,9 mln so‘m ajratildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining 8 iyuldagi “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 29 apreldagi 360/39-6-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Bu mablag‘lar shahar mahalliy byudjetining 2021 yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan berilyapti.

Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 29 apreldagi “Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2021 yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha majmuasining murojaatini inobatga olib ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing