Toshkentda maktab o‘quvchisi qotillik qildi
3-sahifa
−
24 may 2023
13231Toshkent shahri Olmazor tumanida maktab o‘quvchisi tanishini tig‘li jism bilan o‘ldirdi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, shu yilning 22 may kuni soat 23:30 da Olmazor tumanida 2004 yilda tug‘ilgan bola (242-sonli maktab o‘quvchisi) uning Samsung telefonini olib qo‘yishga harakat qilgan tanishi bilan janjallashib, unga o‘tkir tig‘li jism yordamida bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchi shaxs vafot etgan.
Xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan.
LiveBarchasi