Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi Chery’da 3 yashar bolani bosib ketdi (video)
3-sahifa
−
16:34 7266 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 17 yoshli Chery haydovchisi yo‘l chetida turgan bolani bosib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 30 iyun kuni soat 20:00 larda D-149 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan. 2009 yilda tug‘ilgan U.Y. Chery rusumli avtomashinada harakatni boshlash vaqtida yo‘l chetida turgan 2023 yilda tug‘ilgan A.B.ni urib yuborgan. Piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Chery yo‘l chetida to‘xtab turgani, 3 yashar bola esa velosipedda moshinaning old qismida o‘ynab yurgani ko‘ringan. Chery haydovchisi ozroq muddat to‘xtab turganidan so‘ng birdaniga bolaning ustiga harakatlanib yuborgan. Shu vaqtda bola mashina ostida qolib, uning velosipedi esa yo‘l qismiga uchib ketgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
“Hozirda to‘plangan ish hujjatlarini Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda“, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Tracker 6 yoshli bolani bosib ketishi oqibatida bola voqea joyida vafot etgandi.
Live
Barchasi