Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda 2009 yilda tug‘ilgan, ya’ni voyaga yetmagan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Jo‘natma xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichidagi 4 dona konserva qutilariga 852,2 gramm gashish giyohvandlik vositasi yashirilgani aniqlangan.

Shuningdek, o‘smirning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerdan elektron tarozilar, narkotik moddalarni tarqatishga mo‘ljallangan “zip“ paketchalari hamda izolentlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 852,2 gramm gashish o‘rta hisobda 60 ming dozadan oshadi. Ushbu hajmdagi narkotik moddaning qora bozordagi qiymati salkam 600 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Hozirda holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 ta holatda jami 339 kvadrat metr yer maydonida 48 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing