Toshkentda mahalla binosi yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyul kuni Toshkent shahrida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar tarqatdi.

Yong‘in kech soat 21:52da, Sergeli tumani, Yo‘ldosh 7-dahasida joylashgan “Al-Farg‘oniy” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, binoning ichki qismi va jihozlari 50 kv metr maydonida yongan. Yong‘indan binoning 250 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 21:54da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 22:04da qurshab olinib, soat 22:20da bartaraf etilgan. 

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Toshkent shahar Mahalla binosi

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing