Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 4 oktyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti va Nexia`ning to‘qnshishi natijasida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH soat 17:00 lar atrofida, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, TXAY ko‘chasida joylashgan “Turkiston” to‘yxonasi yaqinida yuz bergan. Haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Lacetti hamda haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan S.G‘. boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Nexia`da yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchilaridan biri tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Yuzaga kelgan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

262

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing