Toshkentda Lacetti haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

3-sahifa

−

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida Lacetti haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bugun, 27 aprel kuni soat 08:00 larda Chilonzor tumani Soybo‘yi ko‘chasi 168-maktab qarshisida fuqaro A.E. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 2005 yilda tug‘ilgan Sh.J.ni urib yuborgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda Sh.J. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, ushbu hududda yo‘l-transport hodisalarining kelgusida oldini olish maqsadida hududiy batalon komandiri tomonidan, yo‘l infratuzilmalari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing