Otabekov: “Toshkent shahar hokimligida koronavirus aniqlanmagan”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkenrt shahar hokimligi karantinga yopilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati raddiya bergandi.

Bugun, 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ham shu bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

“Toshkent shahar hokimligidan kasal aniqlangani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri. Bunday xabarni internet tarmog‘iga kim qo‘yganidan xabarim yo‘q. Lekin bu haqiqatdan yiroq ma’lumot. Bu kabi ma’lumotni tarqatuvchilarga ham o‘ziga yarasha javobgarligi borligini eslatib o‘tmoqchiman”, dedi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 30 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing