Toshkentda “kotta bollar”ning mashinasi odamlarni bosib ketishga urindi
3-sahifa
−
07 fevral
7497Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Gentra haydovchisi bir necha fuqarolarni bosib ketishga urindi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat Shayxontohur tumanining Taxtapul ko‘chasida soat taxminan 03:20 da yuzaga kelgan. Bir necha fuqaro o‘zaro janjallashib qolishi oqibatida oq rangdagi Gentra avtomashinasining haydovchisi transport vositasini ularning ustiga qarab haydagan. Tarmoqlarda tarqalgan videoda qasddan urib yuborishga urinishdan so‘ng ikki kishi avtomobilning old oynasiga tosh otib, uni sindirganini ko‘rish mumkin.
YHXB barcha fuqarolar tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgani, avtomashina esa jarima maydoniga joylashtirilganini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida mashinasini yo‘l-patrul inspektorining ustiga haydagan haydovchi qamoqqa olingandi. Samarqand shahrining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida xizmat faoliyatini olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan shu yo‘nalish bo‘ylab davlat raqam belgisiz Onix haydovchisiga sezilarli va hushtak yordamida to‘xtash ishorasi berilgan. Lekin haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, uning ustiga haydab, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
LiveBarchasi