Jomboyda mast haydovchi dahshatli YTH sodir etdi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida mast holdagi Gentra haydovchisi yo‘l chetida turgan boshqa Gentra’ga urilib, uni bir necha metrga sudrab bordi. Hodisa 3 nafar bolaning hayotiga jiddiy xavf tug‘dirgan. Mazkur holat bo‘yicha viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jomboy tumanida ikkita Gentra rusumli transport vositalari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Videoda qora Gentra yo‘l chetida to‘xtab turgan oq Gentra’ni urib, uni bir necha metrga sudrab borganini, shuningdek, shu yerda o‘ynayotgan bolalarning hayotiga jiddiy xavf tug‘dirganini ko‘rish mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, holat tumanning “Samarqand” mahallasidagi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Qora Gentra haydovchisi yuqori tezlikda borib, oq Gentra’ning orqa qismiga urilgan va yo‘l chetida turgan haydovchini ham urib yuborgan. Hodisa oqibatida ikkala haydovchi shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruvlar davomida qora Gentra haydovchisi mast holatda bo‘lgani aniqlangan.

“Tan olaman. “Voobshe” spirt bilan rulga o‘tirmaslikni so‘rab qolardim”, deydi qora Gentra haydovchisi.

Shuningdek, holat bo‘yicha bolalarning onasi ham gapirib, juda qo‘rqib ketganini bildirgan.

“Birdan yomon ovozlar eshitilib ketdi. Men juda ham yomon ahvolga tushdim. Bolalarim, deb yugurib chiqdim. Darvozani oldidagi qizim ichkariga otilib kirib ketdi, aya deb. Uni ko‘rib, ko‘nglim joyiga tushdi. Haliyam xudo bir  asrabdi”, deydi ona.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoiy ishlar bo‘yicha Jomboy tuman sudiga yuborilishi aytilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudiga yuboriladi va ushbu shaxs haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida yuk mashinasi va yengil avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi va oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand Jomboy Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing