Angrenda yuk mashinasi 4 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor (video)
3-sahifa
−
27 aprel 7859 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Angren shahrida yuk mashinasi va yengil avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi va oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 26 aprel kuni soat 23:10 larda A-373 avtomobil yo‘lining 93 chi kilometrida Howo rusumli yuk mashinasi haydovchisi R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi 4 ta transort vositalari bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Hodisa oqibatida Cobalt avtomashinasida bo‘lgan haydovchi I.X. hamda yo‘lovchi Z.T. voqea joyida vafot etgan.
Qolgan transport vositalarida bo‘lgan 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida Lacetti va Matiz mashinalari to‘qnashib ketishi oqibatida Matiz haydovchisi vafot etgandi.