Şahrisabzda Onix beton tösiqqa urildi. Qurbon bor

3-sahifa

−

image

Joriy yilning 2 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida Onix rusumli avtomobil yöl çetidagi beton tösiqqa urildi. Oqibatda 2005 yilda tuğilgan yölovçi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, soat 23:45 larda Şahrisabz tumani “Miraki” MFY hududidan ötgan mahalliy ahamiyatdagi 70V038 avtomobil yölida 2004 yilda tuğilgan haydovçi I.U. Onix rusumli transport vositasini boşqarib ketayotib rul boşqaruvini yöqotgan. Oqibatda u yöl çetidagi beton tösiqqa urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. 

YTH tufayli avtomaşina içida bölgan yölovçi – 2005 yilda tuğilgan F.Yu olgan tan jarohatlari bilan şifoxonada vafot etgan. Avtomaşina haydovçisi va yana bir yölovçisi – 2008 yilda tuğilgan Ş.Q. larga şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Şahrisabz tuman IIB Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lixiang Li 9 avtomobili yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan piyodani urib yuborgandi. Oqibatda 41 yoşli fuqaro voqea joyida halok bölgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing