Toshkentda koronavirusga chalingan uch bemor reanimatsiyaga olindi

Jamiyat

image

So‘nggi soatlarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 3 nafar bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bu haqda bugun, 31 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

11 soat davomida mamlakatda 8 nafar bemor aniqlanib, 2020 yil 31 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3554 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi bemorlarning 3 nafari Karantin markazida, 1 nafari Toshkent shahrida karantinda bo‘lganlar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida aniqlangan.

Hozirda mamlakatda 757 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusdan sog‘ayganlar 2783 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha 14 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing