Toshkentda koronavirusga chalingan 2 erkak vafot etdi
Jamiyat
−
04 avgust 2020
7106Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana ikki bemor koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Mamlakatda COVID-19 kasalligidan o‘lganlar 163 nafarga yetdi.
Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli bemor A.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli joriy yil 27 iyul kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.
Boshqa bir bemor Sergeli tumanida yashagan 30 yoshli B.A. (erkak)da joriy yil 26 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi alomatlari kuchaygan va nafas yetishmovchiligi og‘irlasha boshlagach, u ham Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlar bilan kechgan.
Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.
LiveBarchasi