Toshkentda komunal uchun to‘langan pullarni cho‘ntagiga urgan mas’ullar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirib olgan MCHJ mas’ul shaxslari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.E.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan 264,7 mln so‘mni o‘zlashtirgan. Ular mablag‘larni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan ushlangandi. Shuningdek, Namanganda ham prokuratura xodimi pora bilan ushlangan. Buxoro viloyatida ham yana bir shaxs 20 ming AQSH dollari bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod talon-toroj qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing