Toshkentda kirakashlarni chuv tushirgan erkak ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida taksichilarni talon-taroj qilib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda u 15 ta epizodli jinoyat ishida gumonlanmoqda. 

Ayblanuvchi, xususiy kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning avtomobiliga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, yo‘lda ketayotganda boshqa taksida uyali telefon apparatini tushirib qoldirganligini va telefoniga qo‘ng‘iroq qilib olmoqchi ekanligini aytib, ushbu avtomobil haydovchisining telefonini so‘ragan. Taksi haydovchisining telefonini qo‘lga kiritgach, go‘yoki o‘zining telefoniga qo‘ng‘iroq qilayotgandek va telefonini qaytarib olish uchun haydovchi bilan uchrashuv joyini kelishib olgandek tutgan. Shundan so‘ng, haydovchiga biror joyni aytib, o‘sha joyda to‘xtatishni so‘ragan va go‘yoki uni telefoni qolib ketgan avtomashina yo‘lning narigi tarafidan kelayotganini aytib, yo‘lni kesib o‘tgan, haydovchining chalg‘iganidan foydalanib voqea joyidan yashiringan.

Taksi haydovchisi tomonidan berilgan birinchi ariza Yunusobod tumani IIO FMBga joriy yilning 29 mart kuni kelib tushgan. So‘ng ikki oy davomida shu kabi murojaatlar yana to‘rtta tuman IIO FMBda ro‘yxatdan o‘tgan. Har bir holatda jabrlanuvchilar jinoyatchi harakatlangan bir xil sxemani tavsiflashgan. Faqat ikki holatda jabrlanuvchilar jinoyatchining niyatini anglab, undan telefonni qaytarib berishligini so‘rashgan. Shuning uchun mazkur holat yuzasidan talonchilik, ya’ni o‘zgalar mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchining tashqi ko‘rinishi tavsiflari ham mos kelgan.

Toshkent shahar IIBB tezkor qidiruv xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib, poytaxtlik 1987 yilda tug‘ilgan Z.O. ushlangan. Hozirgi vaqtda unga 13 ta firibgarlik va 2 ta talonchilik holatlari bo‘yicha ayb e’lon qilingan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik talonchilik kirakash

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing