Toshkentda Xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi.

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 4-6 iyun kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi marotaba Xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xabar bermoqda. 

Bugun, 7 fevral kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov UNESCO qoshidagi Xalqaro xalq ijodiyoti tashkilotining Osiyo bo‘yicha bosh sekretari Moon Hyung Suk bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda yurtimiz ijodkorlarining ishtirokini izchil ta’minlash hamda ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni kengroq targ‘ib qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov hamda  Moon Hyung Suk bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 4-6 iyun kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi marotaba Xalqaro musiqa yarmarkasini o‘tkazish rejalashtirildi. 

Toshkentda o‘tkaziladigan mazkur Xalqaro musiqa yarmarkasiga dunyoning eng yaxshi musiqiy prodyuserlari va boshqa mutaxassislarni taklif etish, xalqimizning musiqiy merosi namunalari, san’atimizning nodir durdonalarini namoyish etish kabi bir qator masalalar yuzasidan ham uchrashuvda fikr yuritildi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkontsert Odiljon Abduqahhorov Xalqaro musiqa yarmarkasi

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing