Toshkentda qurilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Jamiyat

image
Koronavirus fonida dunyo iqtisodi jarlikka qarab ketmoqda north_east

Koronavirus fonida dunyo iqtisodi jarlikka qarab ketmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergandik.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini buyurtmachi funksiyasini bajarishga jalb qilish bo‘yicha eksperiment (keyingi o‘rinlarda – eksperiment) o‘tkazish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik berildi:

•    Toshkent shahrida 2021-2022 yillarda loyihalashtirilishi va qurilishi rejalashtirilgan 10 ta qurilish ob’ektini tanlab olish;

•    eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan injiniring xizmatlarini ko‘rsatish (shu jumladan, texnik nazorat va loyiha boshqaruvi) yuzasidan shartnomalar imzolash;

•    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eksperimentda ishtirok etuvchi qurilish ob’ektlari va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatining tasdiqlanishi.

Belgilab qo‘yilsinki, eksperiment tanlab olingan ob’ektlarning qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ular foydalanishga topshirilguniga qadar amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qurilish

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing