Toshkentda qaynona-kelin janjali oqibatida chaqaloqning oyoq-qo‘li kuydi
3-sahifa
−
29 yanvar
5953Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy janjal oqibatida go‘dak bolaga qaynoq suv to‘kilgani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. (1999 yilda tug‘ilgan ayol) va qaynonasi M.X. (1966 yilda tug‘ilgan) o‘rtasida oilaviy o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Qaynona keliniga qarata ichida issiq suv bo‘lgan termosni otgan, oqibatda onaning qo‘lida bo‘lgan 23 kunlik chaqaloqning oyoq va qo‘l qismi kuygan.
“Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilishi ta’minlangan. Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, holat yuzasidan nizo davom etishini oldini olish maqsadida X.M.ga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qo‘yilgan cheklovlar oila a’zolariga tushuntirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandi qarindoshi tomonidan pichoqlangandi.