Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar janjallashdi (video)

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi 11-maktabda uch nafar o‘quvchi qiz o‘rtasida janjal chiqdi. Holat ortidan sinf rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 14:00 atrofida, tanaffus vaqtida sodir bo‘lgan. Maktabning uch nafar o‘quvchi qizi o‘zaro tortishib qolgan.

Bildirilishicha, holat nazoratga olinib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, profilaktika inspektori N. Nazirov, maktab rahbariyati hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Suhbat yakunida o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash, ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, tarbiya va ta’lim berish jarayonida ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish)ni qo‘llash bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, sinfdagi vaziyatni nazorat qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli sinf rahbari Sh.N. lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Qo‘shtepa” mahallasida joylashgan 11-umumta’lim maktabi 2014 yilda qurilgan. Hozirda bu yerda 998 nafar o‘quvchi 67 nafar o‘qituvchi tomonidan ta’lim-tarbiya olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida janjal chiqqandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing