Kurer bilan janjaldan so‘ng Brasserie restoranining yozgi maydonchasi buzildi (video)

3-sahifa

−

image

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” xiyobonida joylashgan Brasserie restoranining yozgi maydonchasida qonunbuzilishlar aniqlanib, hudud qonunchilik talablariga muvofiq holatga keltirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda restoran xodimining hududga skuterda kirib kelgan 17 yoshli kurer bilan janjallashgani aks etgan video tarqalgan edi. Unda xodim kurerni haqorat qilib, uning restoranga kirib kelishi xo‘randalarga xalaqit berayotganini aytgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilarning e’tirozlariga olib keldi.

Tarqalgan videolar ortidan kecha, 18 oktyabr kuni esa “Moviy gumbazlar” xiyobonidagi restoran yozgi maydonchasidan foydalanish holati tekshirildi. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv davomida hududdan foydalanish qoidabuzarliklari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, tekshiruv piyodalarning erkin harakatlanishini ta’minlash va jamoat hududlaridan foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilgan. Hokimlik hudud qonunchilik talablariga muvofiq holatga keltirilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kurerni haqoratlagan xodim jazolangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing