Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan zavod aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 26,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metalni qayta ishlash zavodi fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishihcha, Yashnobod tumanida joylashgan "K.Y.A." MCHJga qarashli metalni qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 28,8 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing