Toshkentda Jah Khalib’ning konsertida katta tartibsizlik chiqdi (video)

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 25 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da chet ellik xonanda Jah Khalib’ning konsert dasturi oldidan katta tartibsizlik yuzaga keldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, turlicha talqin qilindi. Unda odamlar chiptasi bo‘lsa ham konsertga kira olmayotgani, ko‘pchilikning onlayn xarid qilgan chiptasi soxta bo‘lib chiqqani aytilgan. 

Arenaning kirish qismida yuzaga kelgan tartibsizlik yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi rasmiy izoh berdi. 

Unga ko‘ra, konsert dasturi kuni u yerda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilib, yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olingan.

“Hozirda tartibbuzarlikka doir holat yuzasidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

chipta Milliy gvardiya Humo arena kontsert tartibsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing