Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi (video)
Jamiyat
−
16 iyul 2024 14386 1 daqiqa
Toshkent shahridagi “Fayziobod GAI” hududida issiq suv quvuri yorilib ketdi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ayni holat gidravlik sinov vaqtida “Fayziobod GAI” hududida ro‘y bergan va shu joyning o‘zida barcha choralar ko‘rilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
“Joriy yilning 20 iyundan 2 avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) o‘tkaziladi. Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi, issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025