Toshkentda issiq suv sifati tekshirilib, natijalar ma’lum qilindi
Jamiyat
−
09:08 686 1 daqiqa
Avvalroq Toshkentning ayrim tumanlarida aholi issiq suvdan begona kimyoviy hid kelayotgani yuzasidan shikoyat qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Endilikda Toshkent issiqlik elektr markazi xizmat ko‘rsatadigan hududda issiq suv sifati me’yorga kelgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, suv namunalari ichki laboratoriya bilan bir qatorda “Toshkent shahar suv ta’minoti”ning kimyo-bakteriologiya laboratoriyasida ham tekshirilgan. Tahlil natijalarida suvning o‘rganilgan ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlarga mos ekani va undan foydalanish mumkinligi qayd etilgan.
Shuningdek, kompaniya poytaxtning issiqlik ta’minoti tizimida isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida infratuzilmani yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Kompaniya issiq suv sifati bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolgan iste’molchilardan mutaxassislar joyiga chiqib vaziyatni o‘rganishi uchun 1347 qisqa raqamli koll-markaziga murojaat qilishni so‘radi.
Live
Barchasi