Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun haq to‘lashning yangi tizimiga o‘tiladi

Jamiyat

image

Toshkentda 2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun xisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkaziladi.

Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif – 142 so‘m miqdorida belgilandi. 

Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar Xokimining qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi.

“Toshissiqquvvati”ning ma’lum qilishicha, bu o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq amalga oshirilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

issiqlik ta'minoti isitish mavsumi

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing