Özbekistonda isitiş mavsumi qaçon boşlanişi aytildi (video)
Jamiyat
−
15:08 1383 2 daqiqa
Özbekistonda köp qavatli uylar joriy yil 15 noyabrgaça markazlaşgan isitiş tizimiga ulanişi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov QALAMPIR.UZ muxbirining savoliga javoban ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, Özbekistonda köp qavatli uylar 15 noyabrgaça markazlaşgan isitiş tizimiga ulanişi kutilmoqda. Bu masala böyiça hududlardagi gidrometeorologiya markazlarining ma’lumotlari asosida hokimliklar tomonidan alohida qaror qabul qilinadi. Şundan söng, tarmoqqa ulaş işlari amalga oşiriladi.
“Hozirgi keça-kunduzda biz kuz-qiş davriga tayyorgarlik dasturlari doirasida barça issiqlik ta’minoti korxonalarini şay holatdaligi böyiça inspeksiyaning vakolatiga tegişli qismlarini körib çiqib, hisobotlarni berganmiz. Tayyor hududlar böyiça tayyorligini, xato-kamçiliklari, ya’ni öşa tizimni tayyorlaş bilan boğliq muammolar kuzatilganlarga majburiy körsatmalar taqdim etgamiz”, deydi Ahadxon Isoqjonov.
Uning aytişiça, Toşkent şahri, Samarqand viloyati va Farğona vodiysidagi viloyatlarda issiqlik ta’minoti korxonalari bildirilgan tegişli kamçiliklarni bartaraf etib bölgan va tizimni markaziy issiqlik ta’minotiga ulaşga tayyor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, köp kvartirali uylar va ijtimoiy soha ob’ektlari uçun 2026–2027 yilgi isitiş mavsumi 4 noyabrdan boşlanişi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi