Toşkentda isitiş tizimi qaçon yoqilişi aytildi
Jamiyat
−
12:44 3849 2 daqiqa
Toşkent şahrida isitiş mavsumi boşlanişi uçun harorat mezoni – örtaça sutkalik harorat ketma-ket beş kun davomida +8 darajadan past bölişi kerak. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, belgilangan tartibga köra, mavsum boşlanişi uçun harorat mezoni – örtaça sutkalik harorat ketma-ket beş kun davomida +8 darajadan past bölişi kerak. Şu bilan birga, avvalgi yillardagi kabi haqiqiy ob-havo şaroiti hisobga olinadi va havo keskin sovib ketsa, qaror qabul qilinişi keçiktirilmaydi.
Bildirilişiça, Toşkent şahar hokimligi vaziyatni nazoratda uşlab turibdi. Tizimlarni isitiş mavsumiga tayyorlaş işlari şahar xizmatlari hamda “Veolia Energy Tashkent” mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Issiqlik uzatişning boşlaniş muddatlari haqida qöşimça ravişda xabar beriladi.
“Aholi xavotirini tuşunamiz: havo sovişi bilan xonadonlar salqinlaşadi, şu sababli köpçilik isitiş mavsumi boşlanişini kutmoqda. Murojaatlaringizni körib turibmiz va uyda issiq hamda qulay muhit bölişi qançalik muhimligini tuşunamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda joriy yil 1 noyabrdan boşlab isitiş (issiqlik energiyasi) va issiq suv tariflari örtaça 30 foizga oşirilişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi