Toshkentda isitish tizimini o‘chirish kechiktirildi
Jamiyat
−
02 aprel 2020 8468 1 daqiqa
Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish ishlari kechiktirildi. Bu haqda Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati Shohruh Shodmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Toshkentda isitish tizimining o‘chirilishi bir haftaga cho‘zildi. Agar kimdadir ishlamasa, turar-joyidagi XUJMSHga murojaat qilishi kerak. Toshkent shahar hokimligiga rahmat”, degan Shohruh Shodmonov.
Avvalroq, joriy yilning 1 aprelidan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish boshlanishi haqida xabar bergan edik.
Qayd etish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab fuqarolar mamlakatda karantin rejimi o‘rnatilgani, bolalarning doim uyda bo‘lishini inobatga olib, isitish tizimini o‘chirish ishlarini kechiktirish kerakligi haqida fikr bildirgandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel