Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
02 noyabr 2023
10513Toshkent shahrida 6 noyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolari issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 3 noyabrdan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
6 noyabrdan boshlab esa ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
Turar joyda yoki muassasada issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlansa yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmasa 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanishi aytilgandi.
LiveBarchasi