Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagan yigit ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentda yigit imkoniyati cheklangan (kar-soqov) qizni do‘pposlagani hamda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergandik. Imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagan shaxs qidiruvga berilgandi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan O‘tkirjon Xolmatov qo‘lga olingan. Unga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O‘tkirjon Xolmatovga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik

Baholaganlar

708

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing