Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi
3-sahifa
−
14:54 1515 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 2 avgust kuni soat 08:10 atrofida Amir Temur shoh ko‘chasidagi “Yulduz” bekati oldida yuz bergan. 2-avtobus saroyiga qarashli 17-sonli yo‘nalishda harakatlangan Yutong avtobusi haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida bekatda to‘xtab turgan 18-avtobus saroyiga tegishli 85-sonli yo‘nalishdagi Yutong elektrobusining orqa qismiga urilgan.
Hodisa oqibatida boshqa avtobusdagi bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Haydovchi uni zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomobilida Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga olib borgan. Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga javob berilgan.
Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida texnik shikastlangan har ikki avtobusni qayta yo‘nalishga chiqarish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Tracker va yo‘lovchilar bilan harakatlanib kelayotgan avtobus o‘zaro yo‘l-transport hodisasini sodir etgan edi.
Live
Barchasi